О‘lkamizga bahor kirib keldi. Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida kо‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish tadbirlari uyushqoqlik bilan о‘tkazilmoqda. An’anaga kо‘ra Navrо‘z-umumxalq bayrami arafasida О‘zbekistonda yashovchi yoshu qari bir bо‘lishib atrof muhitni kо‘kalamzorlashtirish ishlariga kirishdilar.
Yakkasaroy tumanida joylashgan Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bо‘yicha qо‘mitasi binosi oldidagi Pushkin maydonida olib borilgan qayta ta’mirlash ishlari natijasida maydon о‘zgacha qiyofa kashf etdi. Joriy yilning 20 mart kuni Yakkasaroy tumanidagi hududda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi daraxt ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Pulat Bobojonov, tuman hokimi Nilufar Allabergenova hamda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bо‘yicha qо‘mitasi raisi Qahramon Sariyev ishtirok etib yaxshi niyatlar bilan daraxt ekdilar.
0 Izoh