Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Xalqaro til bayrami

By Muxtasar_Qodirova - 22-Fevral, 2025-yil 11:38 933 Koʻrishlar 0 Izoh

21-fevral kuni мamlakatimizda “Xalqaro ona tili kuni” keng nishonlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida “Til-xalqlarni birlashtiruvchi kuchdir”  mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekistondagi o‘nlab milliy madaniy markazlarning faollari, mamlakatimizdagi xorijiy elchixonalarning rahbarlari va vakillari, o‘quvchi hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Dastlab qo‘mita raisi Rustambek Qurbonov bugungi bayraming xalqaro ahamiyati haqida gapirdi.   

 


Maʼlumki, har bir millatning ona tili o‘sha xalq hayotida ulkan tarixiy ahamiyatga ega. Uning millat, davlat va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni beqiyosdir. Shu bois ham xalqaro YUNESKO tashkiloti o‘zining 1999-yilda bo‘lib o‘tgan bosh konferensiyasida 21-fevralni butun dunyoda “Xalqaro ona tili kuni” deb eʼlon qilgan edi va mana, 26 yildirki, taraqqiyparvar insoniyat ushbu kunni katta  bayram sifatida keng nishonlab kelmoqda.






Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda yer yuzida 6 mingdan ziyod so‘zlashuv tili mavjud bo‘lib, uning 90 foizi o‘zaro muloqotlarda keng ishlatilmaydi, aksincha, so‘nggi o‘n yilliklarda yo‘qolib borish jarayoniga yuz tutgan. Va aksincha - turkiy tillar turkumiga kiruvchi o‘zbek tili mamlakatimizning mustaqillik yillarida o‘zining yuqori rivojlanish boqichiga kirdi. Yurtimiz aholisining 80 foizdan ziyodi ana shu davlat tilida so‘zlashadi.




O‘z navbatida davlatimiz hududidada yashayotgan yana 130 dan ortiq millat va elatlarning ona tillari rivojiga ham katta eʼtibor  qaratillmoqda va bu tamoyillar mamlakatimiz qonunlarida alohida belgilab qo‘yilgan. Qardosh qoraqalpoq, tojik,qozoq, qirg‘iz, turkman, tatar, rus, koreys  va boshqa ko‘plab tillarda so‘zlashuvchi insonlar bunday g‘amxo‘rlikka o‘z kundalik hayotlarida guvoh bo‘lmoqdalar.






Tadbirda ana shu muhim jihatlar haqida gapirildi. Mamlakatimizda  faoliyat yuritayotgan diplomatik korpuslarning rahbarlari va vakillari ham so‘zga chiqib, barcha yurtdoshlarimizni ushbu bayram bilan qizg‘in tabrikladilar. Tadbir so‘ngida qatnashchilarga katta konsert dasturi namoyish qilindi.


 Muallif   Haydarali MAMATOV

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring