Kecha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig'i Amir Sultanov va Ozarbayjon elchisi Guseyn Guliyev o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Muloqot chog'ida O‘zbekiston va Ozarbayjon o'rtasida ishlab chiqilayotgan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, amaldagi shartnoma-huquq bazasining joriy holatini va ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ijtimoiy himoya, fuqarolarning mehnat faoliyatining huquqiy himoyasi, mintaqalararo kabi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari bo'yicha yangi xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.
0 Izoh