Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Tailand qirolligida O‘zbekiston madaniy merosi taqdimoti o‘tkazildi

By Muxtasar_Qodirova - 30-Yanvar, 2025-yil 23:52 491 Koʻrishlar 0 Izoh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda YUNESKO bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-128-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi  tomonidan Tailandning Bangkok shahridagi Chulalongkorn universitetida  O’zbekiston tarixi va milliy madaniyatimizga bag’ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.


Tadbir avvalida O'zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsuli, BMTning Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO) doimiy vakili Faxriddin Sultonov hamda institut prorektori Shohbek Ergashev so'zga chiqdi.

Anjumanda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va qandaolat mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring