Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi – nafis san’atimizning betakror ko‘zgusi

By Muxtasar_Qodirova - 25-Yanvar, 2025-yil 1:56 862 Koʻrishlar 0 Izoh

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi mamlakatimiz xalqi va xorijlik mehmonlarga milliy tasviriy va amaliy san’atga oid eng betakror ko‘rgazmalar, ijodiy-ma’rifiy loyihalar, tanlovlar va san’at haftaliklari, qiziqarli festivallarni taqdim etuvchi faol ma’rifiy muassasalardan sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 yanvardagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida”gi farmoni asosida nafis san’atga doir mazkur ijodiy tuzilma o‘z faoliyatini boshlagan.


Badiiy akademiyani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan, jahoniy shuhrat qozongan nafis san’atlar maktabining noyob an’analarini avaylab asrash, o‘rganish, boyitib borish, milliy tasviriy, amaliy miniatyura san’atimizning nodir durdonalarini dunyoga olib chiqish va targ‘ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish yo‘lida keng foydalanishdan iboratdir. Shu bilan birga zamon talablariga mos badiiy ta’lim tizimini barpo etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, akademik ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish Badiiy akademiyani tashkil etishga oid ustuvor maqsadlar sirasiga kiradi.

Badiiy akademiya tashkil etilganiga 28 yil to‘ldi. Bu qisqa fursatdir, ehtimol, lekin vazirlik maqomidagi ushbu tashkilot o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni sharaf bilan uddalab kelmoqda.

 

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring