Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

“O‘zbekiston” jurnali tahririyatining veb sayti ishga tushdi.

By admin - 21-Mart, 2024-yil 17:23 4,759 Koʻrishlar 0 Izoh

Joriy yilning 20 mart kuni Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi muassisligidagi “O‘zbekiston” jurnali tahririyatining veb sayti ishga tushdi.  

www.uzbekjournal.uz veb saytida mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklar, tahririyat xodimlari tomonidan tayyorlangan maqolalar, xabarlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida joylashtirib boriladi.

Veb saytda shuningdek qiziqarli foto materiallar, videorolik va boshqa qiziqarli ma’lumotlar ham joylashtirib boriladi.

 

Asadbek Bobojonov

"O‘zbekiston" jurnali bosh muharriri:

“Hukumatimizning jurnalimizga qaratgan e’tibori natijasida nihoyat veb saytimiz ishlab chiqildi. Endilikda saytimiz orqali foydalanuvchilar jurnalimiz xodimlari tomonidan tayyorlangan qiziqarli maqolalarni o‘qish va yurtimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklar bilan tanishib borish imkoniga ega bo‘ladilar. Biz o‘z ustimizda ishlab veb saytimizni rivojlantirish yo‘lida mehnat qilamiz. O‘ylaymanki, saytimiz insonlarga manzur bo‘ladi.”

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi muassisligidagi “O‘zbekiston” jurnali ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda faoliyat yuritib, har chorakda – yiliga 4 marotaba chop etiladi. Adadi 1000 nusxa.  

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring