Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga keldi

By Farangiz_Amirkulova - 12-Noyabr, 2024-yil 14:59 1,040 Koʻrishlar 0 Izoh

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan kecha tunda amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


Tashrif dasturida O'zbekiston yetakchisining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida ishtirok etishi ko'zda tutilgan.


Mamlakatimiz Prezidenti, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o'tkazadi.


COP29 doirasida delegatsiyamiz tomonidan yerlarning tanazzulga uchrashi va cho'llanishga qarshi kurashish, ekologik ta'limni rivojlantirish hamda iqlim kun tartibini ilgari surishda yoshlarning o'rniga bag'ishlangan yuqori darajadagi tadbirlar o'tkaziladi.


O'zbekistonning maxsus tashkil etilgan Milliy pavilyonida Orolbo'yi mintaqasining ijtimoiy-ekologik muammolarini hal etish, "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya va suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, bioxilma-xillikni asrash va boshqa yo'nalishlarda 20 dan ortiq qo'shimcha tadbir o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring