Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Namangan viloyatida O'zbekiston - Qatar biznes forumi bo'lib o'tdi

By Farangiz_Amirkulova - 18-Oktabr, 2024-yil 11:16 1,264 Koʻrishlar 0 Izoh

Qatar ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya mamlakatimizga tashrifi davomida Namangan viloyatida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida O'zbekiston-Qatar biznes forumi va V2V shaklidagi uchrashuvlar tashkil etildi. Unda turli sohalar bo'yicha sheriklik ko'lamini kengaytirish masalasi muhokama qilindi.


 O'zbekiston–Qatar biznes-forumida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazaqov, viloyat xalqaro aeroporti, Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va mahalliy eksportchi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.


Xorij tomoniga Namangan viloyati iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, hududda chet el investorlariga, shu jumladan "Yuksalish", "Yoshlar" va "Kushon" kichik sanoat zonalari va "Namangan" EIZda yaratib berilgan qulay sharoitlar to'g'risida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, "Yangi Namangan" shaharchasida qurilishi reja qilingan tijorat, turar joy va infratuzilma loyihalari bo'yicha taqdimotlar o'tkazildi.


Namangandan Qatar bozoriga talabgir bo'lgan to'qimachilik, oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetkazib berish masalalariga alohida to'xtab o'tildi va tegishli tijorat takliflari taqdim etildi.


O'z navbatida, Qatar ishbilarmon doiralari vakillari hududda yaratilgan keng ko'lamli sharoitlardan unumli foydalangan holda qo'shma loyihalarini amalga oshirishga katta qiziqish bildirishdi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring