Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston bosh konsuli Tatariston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha vakili bilan istiqboldagi vazifalarni kelishib oldi

By Farangiz_Amirkulova - 11-Oktabr, 2024-yil 10:09 1,209 Koʻrishlar 0 Izoh

O'zbekiston bosh konsuli Nodirjon Qosimov Tatariston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) Sariya Saburskaya bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Unda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish, O'zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari ta'minlash xususida fikr almashildi.


O'zbekiston Bosh konsulxonasi va Tatariston Respublikasi Inson huquqlari bo'yicha vakili o'rtasida Tatariston hududidagi hamyurtlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo'nalishida birgalikda ishlashga kelishib olindi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring