Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot chog'ida ko'p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

By Farangiz_Amirkulova - 28-Avgust, 2024-yil 13:50 919 Koʻrishlar 0 Izoh

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston-Turkmaniston do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mamlakatlarimiz o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.


Suhbat avvalida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning samimiy salomini yetkazdi.


O'zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Faol siyosiy muloqot va almashinuvlar davom etmoqda, o'zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror sur'atlar bilan o'smoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchaymoqda.


Muntazam ravishda qo'shma madaniy-gumanitar tadbirlar o'tkazilmoqda.


Suhbat chog'ida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qo'shma loyihalarni ilgari surishga alohida e'tibor qaratildi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring