Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

"O‘zbekiston" jurnali

"O‘zbekiston" jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi PQ-2993-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi  qarori yuzasidan tashkil etilgan.

Jurnal mamlakatimiz hududidan tashqari dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlardagi Ozbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga tarqatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi PF-114 sonli farmoni bilan tahririyat muassisi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi etib belgilangan.

Jurnal ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda faoliyat yuritadi. Bosma shaklda har chorakda – yiliga 4 marotaba chop etiladi. Adadi 1000 nusxa. 

"O‘zbekiston" jurnalining www.uzbekjournal.uz veb sayti

"O‘zbekiston" jurnalining www.uzbekjournal.uz veb sayti 2024 yilning mart oyida ishlab chiqilgan. Saytda mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklar, tahririyat xodimlari tomonidan tayyorlangan maqolalar, xabarlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida joylashtirib boriladi.

Veb saytda shuningdek qiziqarli foto materiallar, videorolik va boshqa qiziqarli ma’lumotlar ham joylashtirib boriladi.