Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon o‘zbekistonlik va tojikistonlik san’at-madaniyat sohasi vakillarini taqdirlash bo‘yicha tegishli qarorlarni imzoladi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Tojikistonning So‘g‘d viloyati “Nuri niyogon” shashmaqom ansambli rahbari Shuhratjon Nabiyev “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.


Davlat mukofotlarini 27-mart kuni O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Tojikiston madaniyat vaziri Matlubaxon Sattoriyon topshirishdi.
Ma’lumot o‘rnida, 2024-yilda Tojikistonda o‘tkazilgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida O‘zbekiston va Tojikistonning madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhi yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirlangandi.
0 Комментарий