Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Milliy madaniy markazlar faoliyati

By Muxtasar_Qodirova - 5 марта 2026 г. 21:28 1,183 Просмотры 0 Комментарий



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi  PF-52-son farmoni va PQ-115-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Qo‘mita raisi o‘rinbosari O.Narzullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganib chiqilmoqda. 


Ishchi guruh tomonidan:


🔹Andijon shahridagi “Do‘stlik uyi”da qirg‘iz, rus, uyg‘ur, arman va koreys milliy madaniy markazlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi; 




🔹 Ushbu markazlar tomonidan milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yosh avlodni millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi; 




🔹 Markazlarning moddiy-texnik bazasi, ijodiy jamoalari, to‘garaklar faoliyati hamda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasidagi tajribasi ko‘zdan kechirildi; 


🔹 Milliy madaniy markazlar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hududlarda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий