Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Yangi O‘zbekistonda yangi yil ruhiyati va mo‘jizasi

By Muxtasar_Qodirova - 25 декабря 2025 г. 19:52 1,456 Просмотры 0 Комментарий

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi qoshidagi milliy madaniy markazlar pavilyonida Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonda yangi yil ruhiyati va mo‘jizasi” shiori ostida yurtimizdagi milliy madaniy markazlar ishtirokida yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 


Tadbirda Qo‘mita rahbariyati, Toshkent shahar hokimligi mas’ullari, milliy madaniy markazlar faollari, do‘stlik jamiyatlari a’zolari, OAV xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.


 


Bayramning badiiy qismida O‘zbekiston san’at ustalari hamda milliy madaniy markazlarning ijodiy jamoalari ishtirokida musiqiy konsert dasturi taqdim etildi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий