Yoshlar orasida millatlararo totuvlik va do‘stlikni mustahkamlash, turli millatlarning boy madaniy merosi, urf-odatlari, milliy taomlari va an’anaviy liboslarini keng targ‘ib etish maqsadida Andijon davlat texnika institutida “Milliy qadriyatlar festivali” tadbirlari o'tkazildi.

Festival davomida talabalar tomonidan turli millatlarga xos taomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Har bir millatning an’anaviy taomlari, ularning tayyorlanish sir-asrorlari va tarixi haqida ma’lumotlar berildi.

Turli millatlarning o'ziga xos madaniy hayotini aks ettiruvchi liboslar ko'rgazmasi ham tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

0 Комментарий