Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Barqaror kelajak sari

By Muxtasar_Qodirova - 21 ноября 2025 г. 22:31 1,372 Просмотры 0 Комментарий

Bugun qo‘mitada “Birodar shaharlar va ilm-fan: olimalar bilan barqaror kelajak sari” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.




Tadbir avvalida ishtirokchilar uchun  milliy madaniy markazlar pavilyoni bo‘ylab sayohat tashkil qilindi. Unda turli millat va elatlarning tarixi, madaniy merosi, urf-odatlari, an’analari, milliy kiyimlari, hunarmandchilik namunalariga oid ekspozitsiyalar bilan tanishtirildi. Milliy madaniy markazlar pavilyoni –  O‘zbekistonda turli millat vakillariga yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida keng tasavvur beradi.




Shundan so'ng ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan olimalar, jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar vakillari va tegishli idoralar mutaxassislari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.  Tadbir davomida ayol olimalarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi ilmiy tashabbuslarni kengaytirish hamda shaharlararo hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.




Tadbir doirasida Birodar shaharlar alyansi va O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi o‘rtasida Anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. 


Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий