Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Jamoat fondi hududiy rahbarlari Milliy madaniy markazlar pavilyoni bilan tanishtirildi

By Muxtasar_Qodirova - 8 октября 2025 г. 23:58 1,605 Просмотры 0 Комментарий

 Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining hududiy bo‘limlari rahbarlari Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi qoshidagi Milliy madaniy markazlar pavilyoni bilan tanishtirildi.


Pavilyonda  22 ta millatning o‘ziga xos me’morchiligi, urf-odat va an’analarini aks ettiruvchi binolarni ko‘zdan kechirishdi. Mazkur inshootlar joriy yil 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni arafasida foydalanishga topshirilgan bo‘lib, ular mamlakatda qaror topgan millatlararo totuvlik va hamjihatlikning yorqin namunasidir.


Eslatib o‘tamiz, joriy yil sentabr oyida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. (https://t.me/millatlararoqumita/29011)

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий