O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, Birodar shaharlar alyansi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda “Shaharlar tarixi va badiiy meros” mavzusidagi davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbir avvalida an’anaga muvofiq mehmonlar Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasiga tutash hududda joylashgan Milliy madaniy markazlar paviloniga tashrif buyurdilar. Bu yerda mehmonlar O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan turli milliy madaniy markazlar faoliyati bilan tanishdilar va har bir xalqning madaniyati, urf-odatlari, milliy liboslari, hunarmandchilik namunalarini tomosha qildilar. Ushbu madaniy tanishtiruv – mamlakatimizda turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashga xizmat qiluvchi yana bir yorqin ko‘rinish bo‘ldi.
Qayd etish joiz, shaharlarning surati va tasviri gavdalangan fotoko‘rgazmalarda tarixiy manzaralar, me’moriy yodgorliklar va zamonaviy qiyofalar nafaqat hujjat sifatida, balki badiiy ifodaning bir ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Bunday suratlarda shaharning tarixi, tabiiy manzarasi va ma’naviy merosimizga bo‘lgan ta’siri yorqin aks etadi. Davra suhbati mobaynida Birodar shaharlar alyansi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
0 Комментарий