Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O‘zbekiston arman milliy madaniy markazi

By Muxtasar_Qodirova - 23 августа 2025 г. 20:00 425 Просмотры 0 Комментарий

O‘zbekistondagi birinchi arman madaniy markazi 1989-yili Toshkentda ochildi. Keyinchalik Samarqand va Andijonda faoliyat yuritgan arman markazlari 2001-yilda Toshkent arman madaniy markazi bilan birlashib, O‘zbekiston arman milliy madaniy markazi tashkil qilindi.

2006-yildan boshlab O‘zbekistondagi armanlar tarixi va bugungi kuni harida hikoya qiluvchi “Depi apaga” (“Kelajak sari”) jurnali nashr etiladi. Markaz qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “Arvest” (San’at) tasviriy  va amaliy  san’at studiyasi, “Erebuni” raqs maktabi va “Dar” (Asr) drama studiyasi yoshidan hamda millatidan qat’i nazar, barcha xohlovchilarni qadimiy arman madaniyati bilan tanishtirib kelmoqda.





Ushbu ma’naviyat o‘choqlarida arman xalqining “Pasxa”, qadimiy “Tearndarach”, “Vardavar” va “Muqaddas uzum” kabi an’anaviy bayramlari keng nishonlanib keladi.

O‘zbekiston armanlari jurnali tashabbusi bilan tuzilgan “Nash ochag” klubi ham mavjud. Klubning Tamaraxonim nomidagi xotira uy-muzeyida O‘zbekistonning mashhur ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlar, turli mavzudagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Buyuk san’atkor, xalq artisti Tamaraxonim Petrosyan (1906–1991), madaniyat arbobi, musiqashunos Ashot Petrosyan (1910–1978), O‘zbekiston xalq rassomlari Varsham Yeremyan (1897–1963), Oganes Tatevosyan (1889–1974), Nikolay Karaxan (1900–1970), Tachat Oganesov, Mixail Avetov kabi mashhur ijodkorlar, shuningdek, Akop Sarkisov, Zarap Zarapetyan, Aleksandr Melkumov kabi yirik ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari va boshqa arman millati vakillarini mamlakatimizda ko‘pchilik yaxshi biladi hamda nomlarini hurmat bilan tilga oladi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий