O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda turli millat va elat vakillari ishtirok etib, vatanga bo‘lgan muhabbat, mehnatga sadoqat va o‘zaro do‘stlik g‘oyalarini tarannum etdilar. Unda millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirish masalasi xalqlar o'rtasidagi muhim ko‘prik vazifasini bajarishi, sport musobaqalari, umummilliy bayramlar, ma’rifiy forumlar va madaniy tadbirlar orqali millatlarni birlashtirish, hamkorlik muhitini mustahkamlashda kasaba uyushmalarining o'rni xususida alohida ta'kidlandi.
Tadbir davomida turli millat vakillari samimiy fikr va mulohazalarini bildirishdi. Do‘stlik, Vatan, tinchlik mavzularida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Milliy raqslar va ijodiy chiqishlar bayramga o‘zgacha ruh baxsh etdi. Bu kabi tadbirlar nafaqat do‘stlikni mustahkamlaydi, balki umummilliy birdamlik, barqarorlik va taraqqiyot poydevori sifatida jamiyatimizda muhim o‘rin tutadi.
0 Комментарий