Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Главы государств посетили национальные павильоны в Авазе

By Muxtasar_Qodirova - 6 августа 2025 г. 16:20 332 Просмотры 0 Комментарий



BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon milliy kunlariga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdilar.

Milliy kunlar mintaqa xalqlarining boy madaniy merosini, mustahkamlanayotgan qo‘shnichilik aloqalarini va kengayib borayotgan madaniy-gumanitar hamkorligini namoyish etish maqsadida uyushtirildi.

Bu yerda an’analar va hunarmandchilikka bag‘ishlangan, madaniyat, san’at va turizm sohalaridagi zamonaviy yutuqlar aks etgan milliy pavilonlar ochilgan. Shuningdek, milliy taomlar ko‘rgazmasi va pazandachilik bo‘yicha mahorat darslari tashkil etilgan.

An’anaviy o‘zbek hovlisi ko‘rinishida qurilgan O‘zbekiston paviloni tashrif buyuruvchilarda yorqin taassurot qoldirdi.

Tadbir mintaqaviy o‘ziga xoslik va madaniy rang-baranglikning navbatdagi namunasi sifatida o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga hamda Markaziy Osiyoni tinchlik, barqarorlik va farovonlik makoni sifatida namoyon etishga xizmat qildi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий