O'zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyadagi "To'maris" ayollar birlashmasi hamkorligida jamoat arbobi, tadbirkor, ssenarist va yozuvchi Gulchexrabegim Maxmudovaning "The Legends of Great Silk Road" ("Buyuk ipak yo'li afsonalari") kitobining taqdimot marosimi o'tkazildi.
Mazkur tadbir mamlakatimizning boy tarixiy merosi, madaniy qadriyatlari va Ipak yo'li sivilizatsiyasini keng jamoatchilikka tanitish maqsadida tashkil etildi. Taqdimotda Britaniyadagi faol o'zbek diasporasi a'zolari, mahalliy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
"The Legends of Great Silk Road" asari Ipak yo'li bilan bog'liq afsonalar, tarixiy voqealar, madaniy aloqalar va ma'naviy qadriyatlarning badiiy talqinini o'z ichiga olgan.
Kitob xalqaro auditoriya uchun ingliz tilida chop etilgan bo'lib, u O'zbekistonni jahon madaniy xaritasida yanada kengroq namoyon etishga xizmat qiladi.
O'zbekiston elchixona va "To'maris" birlashmasi o'rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan mazkur madaniy tadbir Britaniya jamoatchiligida katta qiziqish uyg'otdi.
0 Комментарий