Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

By Muxtasar_Qodirova - 3 июня 2025 г. 17:56 266 Просмотры 0 Комментарий

Xorazm viloyati Urganch shahridagi  Ma’mun universitetida "Jadidchilik: oʻzgarish va taraqqiyot" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi. 




Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida jahonning 10 dan ortiq mamlakatlari - Rossiya, Turkiya, AQSH, Misr, Tojikiston va boshqalardan professor-olimlar ishtirok etib, yurtimiz tarixida o’chmas iz qoldirgan ajdodlarimiz jadidlar haqida, uning vujudga kelishi va ijtimoy-falsafiy ahamiyati haqida fikr bildirdilar. Jadidchilik harakatining ahamiyati, jadidlar merosining ma’naviy-ma’rifiy jihatlari va bugungi kun uchun ahamiyati mavzularida ma’ruzlar tinglandi. Mazkur anjumanda Qo'mita bo'lim boshlig'i tarix fanlari doktori, professor S.T. Davlatova "Jadid ma'rifatparvarlari qarashlarida millatlararo munosabatlar va bag'rikenglik masalalari" mavzusida ma'ruza qildi.




Unda Jadidlarning oʻz davridagi beqiyos va beminnat xizmatlaridan biri barcha Turkiston xalqlari va millatlarning qonun oldida tengligi haqidagi gʻoyaning ilgari surilishi boʻlib, Turkiston fuqarolari jamiyat hayotining barcha iqtisodiy-siyosiy, huquqiy va madaniy jabhalarida teng huquqqa ega boʻlishlari lozim edi.

Umuman olganda, jadid maʼrifatparvarlari oʻzlari yashagan davrdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdagi adolatsizliklarga qarshi kurashdi, xalqni maʼrifat sari yetakladi.




Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий