Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O'zbekiston va Pokiston hududlarida ikki mamlakatning milliy restoranlari tashkil etiladi

By Farangiz_Amirkulova - 27 мая 2025 г. 9:39 179 Просмотры 0 Комментарий

O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida mamlakatimizdagi mashhur "Aksu" gastronomik brendi asoschisi Bahriddin Chustiy va Pokistondagi mashhur "Monal Restaurant" restoranlar tarmog'i asoschisi Luqmon Ali Afzal o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish, tajriba almashish va gastronomik yo'nalishdagi qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


Tomonlar O'zbekiston va Pokiston hududlarida mazkur mamlakatlarning boy gastronomik merosini aks ettiruvchi restoranlar ochishga kelishib oldilar. Ushbu restoranlarda nafaqat milliy taomlar, balki ikki xalq madaniyati, urf-odatlari va mehmondo'stlik an'analari namoyish etiladi.


Uchrashuv davomida, shuningdek, qo'shma loyihalarni amalga oshirishning tashkiliy jihatlari – investorlar bilan hamkorlik, loyiha joyini tanlash, malakali kadrlar tayyorlash, sifat standartlari, logistika va boshqa amaliyot masalalari ham muhokama qilindi.


"Aksu" va "Monal" kabi yirik gastronomik brendlar o'rtasidagi bunday hamkorlik nafaqat iqtisodiy samara, balki xalqlar o'rtasidagi madaniy muloqot va anglashuvning yangi bosqichini boshlab beradi.


Bundan tashqari, mazkur tashabbus O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi do'stona munosabatlarni yana-da mustahkamlash, madaniy diplomatiyani rivojlantirish hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий