Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Shanxay chet tillari universiteti huzuridagi O'zbek tilini o'rganish markaziga o'zbek tilidagi adabiyotlar topshirildi

By Farangiz_Amirkulova - 27 мая 2025 г. 9:37 187 Просмотры 0 Комментарий

O'zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Shanxay chet tillari universiteti huzuridagi O'zbek tilini o'rganish markaziga o'zbek tilidagi adabiyotlar taqdim etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

Shanxay chet tillari universiteti huzuridagi O'zbek tili markazi 2017-yil tashkil etilgan. Hozirgi kunda markazda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetini tamomlagan Muazzam Dedaxonova va Shanxay chet tillari universiteti bitiruvchisi Xurshid Musurmonov xitoylik talabalarga o'zbek tilidan saboq bermoqda.


Shanxay chet tillari universiteti partiya qo'mitasi kotibi Shi Xuaning aytishicha, Xitoy–O'zbekiston munosabatlarining jadallashi, "Bir makon, bir yo'l" tashabbusi doirasida savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar aloqalarning rivojlanishi, xitoylik yoshlar orasida o'zbek tilini o'rganishga nisbatan qiziqishni kuchaytirmoqda.


Xitoy tomoni, shuningdek, Bosh konsulxonaga O'zbek tili markazi o'qituvchi va talabalariga 40 dan ziyod kitoblar uchun minnatdorlik bildirdi. Taqdim etilgan kitoblar orasida Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, G'afur G'ulom, Oybek, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi o'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti namoyondalarining zabardast namoyondalari qalamiga mansub eng sara asarlar, shuningdek, O'zbekiston tarixi, milliy madaniyati va ma'naviy merosiga bag'ishlangan o'quv qo'llanmalar bor.


Mazkur kitoblar Markazda tahsil olayotgan xitoylik talabalarga o'zbek madaniyati, tarixi va adabiyoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, mazkur asarlar talabalar uchun muhim bilim manbai bo'lib xizmat qiladi.


Markazda tahsil olayotgan xitoylik talabalar bilan muloqotda o'zbek tili va adabiyotining shakllanishini hamda rivojlanish tarixi, uning jahon madaniy taraqqiyotiga qo'shgan hissasi yuzasidan fikr almashildi.


Uchrashuv yakunida xitoylik talabalar o'zbek tilida she'r, ruboiy va g'azallardan parchalar o'qib berishdi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий