O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Polsha Tashqi ishlar vazirligining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Vitold Sobkov va Polsha Tashqi ishlar vazirligi Sharq departamenti direktori o'rinbosari Marek Salka bilan uchrashuv o'tkazdi.
TIV ma'lumotiga ko'ra, muloqot chog'ida Afg'oniston yo'nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash kontekstida O'zbekiston-Polsha hamkorligini yana-da kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar afg'on kelishuvi masalalari bo'yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi va muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldi.
0 Комментарий