Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O'zbekiston diplomatlari Sankt-Peterburg shahrida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar

By Farangiz_Amirkulova - 29 апреля 2025 г. 11:13 168 Просмотры 0 Комментарий

Sankt-Peterburg texnologiyalar boshqaruvi va iqtisodiyot universitetida Rossiyada inson huquqlarini himoya qilishga bag'ishlangan XІ xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Zamonaviy Rossiyada huquqni muhofaza qilish: muammolar va ularning yechimlari" mavzusidagi konferensiyada universitet professor-o'qituvchilari, davlat xizmatchilari hamda O'zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari ishtirok etishdi.


Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi vakillari anjuman doirasida universitet rahbariyati bilan alohida uchrashuv o'tkazdi. Unda vatandoshlarimizning ta'lim olishi va ularga yaratilgan sharoitlar to'g'risida fikr almashildi.


Universitet rahbariyatiga ko'ra, hozirgi kunda mazkur oliy ta'lim muassasasida 10 mingdan ziyod talaba tahsil olmoqda. Ularning 300 nafardan ortig'i chet eldan, jumladan, 50 nafari O'zbekiston fuqarolaridir.


Universitet tashqi aloqalar boshqarmasi boshlig'i Georgiy Varlamov o'zbekistonlik talabalar o'zlarining faolligi, ilm egallashga chanqoqligi va har birga vazifaga mas'uliyat yondashishlari bilan boshqalardan ajralib turishini ta'kidladi.


Diplomatlar, shuningdek, Sankt-Peterburg texnologiyalar boshqaruvi va iqtisodiyot universitetida o'qiyotgan vatandosh talabalar bilan muloqot qildilar.


 Uchrashuvda yurtimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, ta'lim jabhasidagi islohotlar, xorijdagi yurtdoshlarimizni qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida so'zlab berildi. Milliy qadriyatlarimiz va xalqimizga yot bo'lgan turli g'oyalar, noqonuniy oqimlar ortidan ergashmaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.


Bo'lib o'tgan muloqot yakunida talabalar o'zlarining konsullik-huquqiy va migratsiya masalalariga oid savollariga Bosh konsulxona xodimlaridan atroflicha javob oldilar.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий