Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari Qozon davlat tibbiyot universiteti rahbariyati va mazkur oliy ta'lim muassasasida o'qiyotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdilar.
Unda O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari va Qozon davlat tibbiyot universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Qo'shma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, o'qituvchilar malakasini oshirish, o'quv-seminarlari o'tkazish va talabalar almashinuvi dasturini yo'lga qo'yish istiqbollariga e'tibor qaratildi.
Mazkur universitetda tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar bilan kechgan muloqot chog'ida O'zbekistonda ta'lim, sport, madaniyat va iqtisodiyot sohalarida kechayotgan yangilanishlar to'g'risida so'zlab berildi. O'zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati, xorijda ta'lim olayotgan va ishlayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash va ularni qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida ta'kidlandi.
Bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida talabalar huquqiy va konsullik xizmatlariga doir savollariga diplomatlardan javob oldilar.
0 Комментарий