O'zbekiston Bosh konsulxona tomonidan Xitoyning Guandun provinsiyasining Xueychjou shahrida iqtisodiy tadbirlar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Shahar munitsipaliteti, Tashqi ishlar boshqarmasi va Tashqi savdoga ko'maklashish qo'mitasi byurolari rahbarlari bilan o'tkazilgan uchrashuvda O'zbekiston hududlari va Xueychjou o'rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
O'zaro tashrif va almashinuvlar, qo'shma tadbir va loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish muhimligi ta'kidlandi.
Bosh konsulxona tashabbusi bilan ushbu hududda faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirokida "O'zbekiston hududlari- Xueychjou: investitsiya, savdo va turizm hamkorligi" mavzusida biznes- forum o'tkazildi.
Ishtirokchilarga O'zbekistonning iqtisodiy va turizm salohiyati, xorijiy investorlarga yaratilgan imkoniyatlar, jumladan, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati hamda yangi istiqbolli loyihalar haqida ma'lumot berildi.
Xitoy biznes vakillari qurilish materiallari, uy-joy-jihozlari, maishiy texnika, tekstil sanoati, kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish yo'nalishlarida O'zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
0 Комментарий