O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha kechqurun Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Yevropa Ittifoqining oliy martabali vakili bugun ertalab O'zbekistonga keldi va Buxoro shahriga tashrif buyurib, xalqimizning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Bo'lajak "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik masalalari atroflicha ko'rib chiqildi.
0 Комментарий