Bayramda universitetning 300 nafardan ortiq talabasi va professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, O‘zbekiston madaniyatiga oid taqdimotlarni tomosha qildi, milliy taomlardan bahramand bo‘lishdi.
Shuningdek, tadbir doirasida shaxmat, arqon tortish, stol tennisi kabi qiziqarli musobaqalar va o‘zbekona milliy o‘yinlar tashkil etildi. Mehmonlar o‘zbekona mehmondo‘stlikni, urf-odatlar va an’analarni e’tirof etdi.
Ishtirokchilarga esdalik sifatida qurt, pista, bodom hamda O‘zbekiston madaniyatiga oid kitoblar sovg‘a qilindi.
"El-yurt umidi” jamg‘armasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu kabi tadbirlar nafaqat o‘zbekistonlik talabalarni birlashtiradi, balki yurtimizning boy madaniyati va an’analarini butun dunyoga keng targ‘ib etish imkonini yaratadi.
0 Комментарий