O'zbekiston elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov Yaponiya parlamentining Vakillar palatasi deputati, Liberal-demokratik partiyaning Yoshlar byurosi direktori Yasutaka Nakasone bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Deputat Yasutaka Nakasone Yaponiya strategik sherik mamlakat hisoblangan O'zbekiston bilan keng ko'lamli hamkorlik aloqalarini rivojlantirib borishdan manfaatdor ekani ta'kidlandi. Jumladan, joriy yil boshidan beri Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JIKA) prezidenti Akixiko Tanaka va Yaponiya Bosh vazirining maxsus maslahatchisi Akixisu Nagashimaning O'zbekistonga, Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyevning Tokioga tashrifi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ma'lum qilindi.
"Liberal-demokratik partiyaning Yoshlar byurosi direktori sifatida yosh va salohiyatli deputatlarning Yaponiya parlamentining O'zbekiston bilan do'stlik ligasi a'zosi bo'lishida amaliy yordam berishga tayyorman", - dedi Yasutaka Nakasone.
0 Комментарий