Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O‘zbekiston va Malayziya madaniyat vazirlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi

By Muxtasar_Qodirova - 5 февраля 2025 г. 20:41 537 Просмотры 0 Комментарий

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Malayziya turizm, san’at va madaniyat vaziri Tiong King Sing o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

“Bizning kuchimiz xilma-xilligimizda, turli madaniyatlar va an’analarni hurmat qilish orqali biz haqiqiy birlikka erishamiz” - dedi Ozodbek Nazarbekov uchrashuv davomida.

 

So‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalar qatori madaniyat va san’at sohasida ham tobora rivojlanib bormoqda.

 

Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida turli sohalardagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

 

Oliy darajadagi tashriflar va davlatlararo muloqotning yo‘lga qo‘yilgan mexanizmlari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий