Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O‘zbekiston va Turkmaniston 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi

By Farangiz_Amirkulova - 29 января 2025 г. 11:41 992 Просмотры 0 Комментарий

O‘zbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvida davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatni mustahkamlashga qaratilgan ikki muhim hujjat imzolandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov va Turkmaniston Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ishtirokida kechgan muzokara yakunida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi, shuningdek shartnomaviy-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish va takomillashtirishga oid hujjat tasdiqlandi.

Muloqot davomida xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birining nomzodini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi verbal nota ham almashildi.

Bu sa’y-harakatlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishni ifodalaydi.

Aziza Alimova, O‘zA

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий