Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Saudiya Arabistonidan munosabat: O'zbekiston va BAA o'rtasidagi oliy darajadagi muloqot o'zaro ishonch va do'stona munosabatlarning chuqurligini namoyish etdi

By Farangiz_Amirkulova - 21 января 2025 г. 9:48 697 Просмотры 0 Комментарий

Saudiya Arabistonining "Masarat Center for Strategy & Media" markazi eksperti Abdulhamid Hamid Abdulloh al-Kubbi "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O'zbekiston Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi ikki davlat munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berdi.


O'zbekiston yetakchisining diplomatik yili muhim rasmiy tashrif bilan boshlandi, uning dasturi g'oyat tig'iz bo'ldi va BAAning ikkita asosiy shahrini qamrab oldi.


Tashrif 2025-yil O'zbekistonda "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili", deb e'lon qilinishi munosabati bilan alohida ahamiyatga ega bo'ldi. Asosiy e'tibor ustuvor yo'nalishlar – investitsiya,

"yashil" energetika, infratuzilma, raqamli transformatsiya, sun'iy intellekt, innovatsion rivojlanish va turizm bo'yicha hamkorlikni kengaytirishga qaratildi. Madaniy-gumanitar almashinuv masalalari ham kun tartibida muhim o'rin tutdi.


Oliy darajadagi muzokaralar yakunida turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan yirik hujjatlar to'plami imzolandi.


Qayd etish kerakki, ushbu tashrif 1992-yildan buyon o'zaro hurmat va ishonch asosida rivojlanib kelayotgan O'zbekiston-BAA munosabatlari an'analarini mantiqiy davomi bo'ldi.


Oliy darajadagi muntazam muloqotlar, ikki davlat rahbarlari o'rtasidagi o'zaro ishonch va do'stona munosabatlarning chuqurligi hamda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka oid umumiy yondashuvlar BMTning markaziy roli va global muammolarni hal etishda ko'p tomonlama hamkorlik muhimligini e'tirof etilishini namoyish etdi.


Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yildagi ilk xorijiy tashrifi uchun BAAning tanlanishi bejiz emas va u ramziy ma'noga ega. Tashrif ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikning yangi yo'nalishlarini qamrab olgan va faol rivojlanib borayotgan sheriklik munosabatlari strategik ahamiyatga ega ekanini ko'rsatadi. Bunday o'zaro hamkorlik nafaqat O'zbekiston va BAA iqtisodiy o'sishiga, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi rivojiga ham ijobiy ta'sir qiladi.


Muxtasar aytganda, mazkur tashrif ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochib, mamlakatlar o'rtasidagi yana-da samarali hamkorlik uchun mustahkam poydevor sifatida xizmat qiladi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий