Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) saytida O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlagan maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Unda rossiyalik sayyohlar O'zbekistonni to'g'ridan-to'g'ri reyslar mavjudligi, vizasiz sayohatlar imkoniyati, til to'siqlari yo'qligi, mehmonxonalar, yuqori darajadagi xavfsizlik va, albatta, mamlakatning ajoyib arxitektura va gastronomiyasi, tarixiy joylari hamda madaniy boyliklari uchun yaxshi ko'rishi qayd etilgan.
Nashrda, shuningdek, turoperatorlar tomonidan O'zbekiston bo'ylab sayohat qilish uchun turli sayyohlik dasturlar ishlab chiqilganligi ma'lum qilingan. "Siz ushbu turlarda ishtirok etish orqali mamlakatda joylashgan mahalliy kolorit, gastronomiya, qadimiy shaharlar va YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan yodgorliklarini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lasiz", deyilgan materialda.
Maqola yakunida, "Rossiyalik sayyohlar O'zbekiston milliy an'analari va gastronomiyasidan to'liq bahramand bo'lishlari uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga borishlari kerak", – deb yozilgan.
0 Комментарий