Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Britaniya Kengashi O'zbekistonda ingliz tilini o'qitish dasturlarini kengaytiradi

By Farangiz_Amirkulova - Aug. 27, 2024, 9:35 a.m. 699 Views 0 Comment

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya Kengashi bosh direktorining global hamkorlik bo'yicha o'rinbosari Charli Uolker bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.



Uchrashuv avvalida Britaniya tomoni Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng-ko'lamli islohotlar va yaqinda davlat vakillik organlariga bo'lib o'tadigan saylovlarga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishtirildi.

Charli Uolker so'nggi yillarda O'zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan samarali islohotlar, yoshlarning sifatli ta’lim olishi va chet tillarini, xususan ingliz tilini mukammal o'rganishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi.

Britaniya Kengashining O'zbekiston bilan o'rta va oliy ta’lim sohalarida hamda san’at va madaniyat yo'nalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.

"Biz 2-4-oktyabr kunlari O'zbekistonda kreativ iqtisodiyotga bag'ishlangan xalqaro konferensiya o'tkazilishini olqishlaymiz. Shuningdek, Britaniya kengashi tomonidan ushbu tadbirni yuqori darajada tashkil etilishida amaliy ko'mak ko'rsatilishi ma’lum qilamiz", - dedi u.

Uchrashuv yakunida Britaniya Kengashining O'zbekistonda ingliz tilini o'qitish dasturlarini kengaytirish va xorijiy tomonning shu yil 15-17-oktyabr kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladigan Markaziy Osiyo ta’lim forumida ishtirok etishi bo'yicha kelishuvga erishildi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment