Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Frankfurt-Mayn shahrida "70 e.V" madaniy hamjamiyatining taqdimoti bo'lib o'tdi

By Farangiz_Amirkulova - July 26, 2024, 10:20 a.m. 1,204 Views 0 Comment

Frankfurt-Mayn shahrida Germaniyadagi vatandoshlarni birlashtirish va o'zbek xalqining madaniy qadriyatlarini ommalashtirishga qaratilgan tadbir bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Unda Germaniyada yashayotgan, ta'lim olayotgan vatandoshlar, "Work and Travel" dasturi ishtirokchilari, nemis-o'zbek madaniy birlashmalari rahbarlari va a'zolari, nemis ijtimoiy doiralari vakillari, shuningdek, Germaniyada mashhur bo'lgan o'zbekistonlik blogerlar ishtirok etdi.


Tadbir davomida yangi "70 e.V" madaniy hamjamiyatining taqdimoti bo'lib o'tdi.


O'zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari ishtirokchilarni qutlar ekan, mamlakatimiz rahbariyati va Germaniyadagi diplomatik vakolatxonalar xorijdagi vatandoshlarimizning har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta'kidladilar.


O'z navbatida, "70 e.V" madaniy hamjamiyati ta'sischilari Shuhrat Mirzaahmedov va Shuhrat Pazilov Germaniyadagi vatandoshlarni birlashtirishdagi faol ishtiroki va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaganliklari uchun Bosh konsulxona xodimlariga minnatdorlik bildirdilar.


Yig'ilganlarga jamiyatning rejalari haqida ma'lumot berildi va ularni Germaniyada o'zbek xalqi madaniyatini qo'llab-quvvatlash hamda ommalashtirishda faol ishtirok etishga da'vat etildi. Yaqin kelajakda vatandoshlar farzandlari uchun o'zbek tili kurslari va sport to'garaklari ochish, ma'rifiy uchrashuvlarni muntazam o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.


Tadbir doirasida milliy burchak tashkil etildi. Shuningdek, o'zbek palovi tayyorlandi va ishtirokchilarga tarqatildi. Taqdimotning madaniy qismida Germaniyadagi vatandoshlarning farzandlari o'zbek kuy-qo'shiqlari va raqslarini ijro etishdi.


Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, tadbir vatandoshlarni birlashtirish, samarali tajriba almashish va hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ijodiy g'oyalar uchun muhim maydonga aylandi.


"70 e.V" Germaniyadagi vatandoshlar o'rtasida o'zbek milliy madaniyati va qadriyatlarni keng targ'ib qilish, shuningdek, xorijda o'zbek tili, madaniyati va oilaviy an'analarini asrab-avaylash maqsadida tashkil etilgan.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment