“Xalq diplomatiyasi kelajagi: ustoz-shogird an’analari milliy va xalqaro tajribada” mavzusidagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida xalq diplomatiyasi davlatlar va xalqlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkorlik va do‘stona muloqotni mustahkamlashning muhim vositasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu jarayonlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ular o‘rtasida o‘zaro muloqot va xalqaro hamkorlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish, yurtimizda xalq diplomatiyasi maktabini shakllantirish, sohaning yetuk davomchilarini tarbiyalash tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Shu maqsadda Markaz Konrad Adenauer jamg‘armasi bilan hamkorlikda 2026-yilning 13-yanvar kuni “Xalq diplomatiyasi kelajagi: milliy va xalqaro tajribada ustoz-shogird an’analari” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda yurtimizdagi yoshlar tashkilotlari vakillari, yosh tadqiqotchi olimlar, deputatlar, madaniyat va san’at sohasi vakillari ishtirok etdi.

0 Comment