Xabaringiz bor O'zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi axborot xizmati "Bolajon" telekanali bilan hamkorlikda yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millatlarning urf-odatlari, tarixi va madaniyati haqida bolajonlarga ma'lumot beruvchi loyihani yo'lga qo'ygan.

Loyihaning navbatdagi sonida yurtimizda istiqomat qilayotgan ozarbayjon millati urf-odatlari, tarixi va madaniyati, an'analari haqida bolajonlarga ma'lumot beriladi.
Maqsad esa bolajonlarni turli millat vakillariga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat.
0 Comment