Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti hamkorligida “Yoshlarbirdamligi – Vatan kuch-qudrati” mavzusida muloqot bo'lib o'tdi.

Muloqotda Qo'mita rahbariyati, Yoshlar parlamenti a’zolari, “Birodar shaharlar alyansi”, do‘stlik jamiyatlari, milliy madaniy markazlar, OAV vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Memorandum imzolash marosimini bo'lib o'tdi.

Tadbir ishtirokchilari shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi qoshidagi Milliy madaniy markazlar pavilyonida turli millat va elat vakillarining ko‘rgazmali chiqishlari va saylida ishtirok etdilar.

0 Comment