Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Hamjihatlik rishtalari

By Muxtasar_Qodirova - Dec. 10, 2025, 3:03 p.m. 1,068 Views 0 Comment

Doʻstlik jamiyatlari – ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda xorijiy mamlakatlarning davlat va jamoat tashkilotlari, ishbilarmon doiralari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirishda koʻprik vazifasini bajaruvchi muhim institutdir.




Xabaringiz bor, Toshkent shahrida ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi madaniy va insonparvar hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston–Singapur” Do‘stlik jamiyatining birinchi ta’sis majlisi bo‘lib o‘tgan edi. 


Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori I.Mamatkulov do'stlik jamiyati raisi etib tayinlandi.  Mazkur jamiyat ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniyat, ta'lim, sport va turizm sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.




Hozirda O‘zbekistonda 44 ta do‘stlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. Ular orqali xalq diplomatiyasi rivojlanib, xorijiy davlatlar bilan do‘stona aloqalar mustahkamlanmoqda.  Yangi tashkil etilgan jamiyat xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik, tinchlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment