Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Musiqiy ko'prik

By Muxtasar_Qodirova - Oct. 28, 2025, 7:58 p.m. 1,738 Views 0 Comment




O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-52-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekistonda  Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi moliyaviy ko‘magida Milliy madaniy markazlar pavilyonida “Musiqiy ko‘prik” badiiy kechasi o'tkazildi.



Tadbir doirasida milliy madaniy markazlar vakillari va havaskor yoshlar va ularning ijodiy jamoalari turli milliy kuy-qo‘shiqlar, an’anaviy va zamonaviy raqslar hamda turli millatlar musiqiy merosidan namunalarni taqdim etishdi.



Tadbir yakunida barcha ijrochilar bir sahnada jamlanib, musiqaning birlashtiruvchi kuchini mushtarak tarona orqali namoyon etdilar. Shuningdek, faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment