Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Memorandum imzolandi

By Muxtasar_Qodirova - Oct. 6, 2025, 6:48 p.m. 1,603 Views 0 Comment

Milliy madaniy markazlar vakillari uchun davlat tilini o‘qitish bo‘yicha bepul o‘quv kurslari o‘z ishini boshladi. Oʻquv kurslarining ochilish marosimi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida bo‘lib o‘tdi.




Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi rahbariyati, milliy madaniy markazlar faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. O'zbek tilini o'qitishga yo'naltirilgan bunday o'quvlarning yo‘lga qo‘yilishi milliy madaniy markazlar faollari uchun davlat tilini o‘rganishda yangi imkoniyatlar yaratishi, jamiyatda birdamlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkam qaror topishiga sabab bo‘lishi shubhasiz. 




Tadbir so‘ngida Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar 

va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi va Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘rtasida memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.  



Tags:

0 Comment

Leave a Comment