Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

"Bahodir Yalangto'sh” kino filmi

By Muxtasar_Qodirova - Sept. 26, 2025, 10:54 p.m. 1,554 Views 0 Comment

Qo’mita binosida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi va Kinematografiya agentligi hamkorligida “Bahodir Yalangto'sh” kino filmi namoyish etildi.




Film namoyishida Qo’mita xodimlari, “O’zbekiston” jurnali ijodkorlari, “Birodar shaharlar alyansi”,  Milliy madaniy markazlar, “Vatandoshlar” jamoat fondi vakillari  ishtirok etdilar.




Filmning bosh g‘oyasi Turkistonni necha yuz yillar davomida qiynagan azaliy muammo – birlik, jipslik mavzusi. Unda birlashuvning yetishmasligi nimalarga olib kelishi, tashqi dushmandan ham ichki dushmanlarning xavfliligi ko‘rsatib berilgan.




Samarqandga hokimlik qilgan sarkarda,  adolatli rahbar, xalqini farovonlikka yetaklagan siyosatchi,  Registon majmuasi kabi ulkan islohotlarni amalga oshirgan bunyodkor Bahodir Yalangto‘sh 1576 – 1656 yillarda yashab o‘tgan.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment