Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Toshkentda "Deklaratsiyalar muloqoti" II Xalqaro forumi boshlandi

By Muxtasar_Qodirova - Sept. 10, 2025, 11:27 a.m. 544 Views 0 Comment

Bugun poytaxtimizda "Deklaratsiyalar muloqoti" II Xalqaro forumi boshlandi.

Anjuman O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan Amerika Qo'shma Shtatlarining "Love Your Neighbor Community" (LYNC) nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda, Din ishlari bo'yicha qo'mita, Islom sivilizatsiyasi markazi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi ko'magida o'tkazilyapti.

Forum 2016-yildan beri Marokash, Makka, Jakarta, Potomak va Punta del Este kabi shaharlarda o'tkazilib kelinmoqda. Bu anjuman ma'rifat, diniy erkinlik va bag'rikenglik madaniyati g'oyalarini targ'ib qilish uchun nufuzli xalqaro maydon sifatida o'zini ko'rsatdi. Har bir forum yakunida konseptual hujjatlar – shu nomdagi deklaratsiyalar qabul qilinadi.

Tadbir 2022-yilda Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida o'tkazilgan, keyinchalik BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida e'tirof etilgan Buxoro deklaratsiyasining qabul qilinishi bilan yakunlangan forumning mantiqiy davomi bo'ladi.

Anjumanda AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, BAA, Indoneziya va Markaziy Osiyo davlatlaridan 15 ta davlatdan 50 ga yaqin ekspert, din ulamolari, ilohiyotshunos va rasmiylar ishtirok etmoqda.

Forum ishtirokchilari geosiyosiy keskinlikning ortishi, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning kuchayishi kabi global mavzularni muhokama qilyaptilar.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment