Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Latviyaning Yurmala shahrida O'zbekistonning turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkaziladi

By Farangiz_Amirkulova - May 19, 2024, 5:56 p.m. 916 Views 0 Comment

O'zbekiston elchisi Timur Rahmonov Yurmala shahri maslahat kengashi raisi o'rinbosari Yanis Ledins bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Latviya hududlararo savdo-iqtisodiy, fan, ta'lim, madaniyat va turizm sohalarida o'zaro hamkorlik aloqalarni rivojlantirish masalalari xususida fikr almashildi.


Latviya tomoniga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, xorijiy investorlarga yaratib berilgan shart-sharoitlar, mamlakatimizga kelayotgan sayyohlarga etilayotgan qulayliklar, madaniyatimiz va tarixiy shaharlarimiz haqida batafsil ma'lumot berildi.


Yanis Ledins O'zbekiston-Latviya munosabatlari har tomonlama rivojlanayotganini yuqori baholi va mamlakatimiz bilan hududlararo hamkorlikni, jumladan, turizm sohasida aloqalarni jadallashtirishdan manfaatdorligini bildirdi. Uning aytishicha, joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro sayyohlik ko'rgazmasida Yurmala shahri hokimligi delegatsiyasi ishtirok etadi.


Shu bilan birgalikda, joriy yilning iyun oyida mamlakatimizga turistlar oqimini yanada ko'paytirish, Latviya jamoatchiligini yurtimiz tarixi, madaniyati va turistik salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadlarida Yurmalada O'zbekistonning turizm salohiyati mavzusida taqdimot o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.


Bundan tashqari, Latviya tomoni turizmni rivojlantirish bo'yicha tajriba almashish maqsadida mamlakatimiz delegatsiyasining Yurmala shahriga tashrifini tashkil etish va "O'zbekiston kunlarini" o'tkazishni taklif qildi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment