Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Filadelfiya shahridagi vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

By Muxtasar_Qodirova - Sept. 3, 2025, 3:59 p.m. 608 Views 0 Comment



Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita rahbarligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirilayotgan xizmat safari doirasida Filadelfiya shahridagi vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda 250 nafardan ortiq vatandoshlarimiz hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Tadbir davomida delegatsiya a’zolari tomonidan O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar va Qo‘mita faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.



Muloqot jarayonida o‘zbek madaniyati, tili va milliy an’analarini asrab-avaylash, yosh avlodga Vatanga muhabbat ruhini singdirish, o‘zbek tilini o‘rgatish tizimini rivojlantirish va xorijdagi ikkinchi, uchinchi avlod yoshlari bilan aloqalarni mustahkamlash masalalari alohida muhokama etildi.  

Shu bilan birga, faol vatandoshlar va jamoat tashkilotlari rahbarlari bilan hamkorlikda qator qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib olindi.



Uchrashuvning ahamiyati shundaki, u davlat va jamiyatning chet eldagi o‘zbek diasporasi bilan o‘zaro aloqalarini kuchaytirish, ularning salohiyatini mamlakat taraqqiyotiga yo‘naltirish imkoniyatini yaratmoqda.  

Uchrashuv yakunida Qo‘mita va “Yurtdosh” jamoat birlashmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu hujjat kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Tashrif doirasida yurtdoshlarimiz uchun mustaqilligimizning 34 yilligi hamda “Yurtdosh” jamoat birlashmasining 10 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri ham tashkil etildi.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tgan ushbu tantanalar AQSHdagi o‘zbek diasporasi hayotida muhim voqea sifatida tarixda qolishi shubhasiz.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment