Tadbirning asosiy maqsadi — Boston va unga yaqin hududlarda istiqomat qilayotgan o‘zbek vatandoshlarini yanada jipslashtirish, ular ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va AQShdagi hamyurtlarni turli loyihalarga faol jalb etishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida vatandoshlarning jamiyat orqali madaniy va ma’rifiy tashabbuslarini amalga oshirish, qo‘shma tadbirlar tashkil etish hamda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari kelishib olindi.
Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Olim Narzullayev bu haqda shunday ta’kidladi:
"Boston shahridagi vatandoshlarimiz faoliyati nafaqat madaniy hayotni boyitadi, balki O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi. Qo‘mita har bir tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, ularning amalga oshishi uchun doimo yordamchi bo‘ladi".
Uchrashuv yakunida vatandoshlar «Turon» jamiyati orqali hamkorlikni yanada kuchaytirish, yangi madaniy va ma’rifiy loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
0 Comment