O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida
Inson qadrini ulug‘lash, ajdodlar xotirasini e’zozlash, ularning ibratli ishlarini keng targ‘ib etish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirish maqsadida o‘zining ko‘p yillik samarali ilmiy-ijodiy, ijtimoiy faoliyati, yorqin va betakror iste’dodi bilan xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizni boyitish, mamlakatimizda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, jamiyatimizda ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi, sermazmun hayoti va insoniy fazilatlari bilan el-yurt xotirasidan chuqur joy egallagan quyidagi marhum olim va ijodkorlar mukofotlansin:
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Aripov Uktam - O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, jarroh olim
G‘afurov Vali - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib
Jalolov To‘xtasin - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim, tarjimon
Kabulov Vasil Kabulovich - O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, kibernetik olim
Qosimov Begali - O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, jadidshunos olim
Muxamedov Quddus (Quddus Muhammadiy) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri
Parfiyev Tursunali (Rauf Parfi) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri
Radjapov Murad Yadgarovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Rustamov Alibek Rustamovich (Alibek Rustamiy) - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim
Sulaymonov To‘ra (To‘ra Sulaymon) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri
Tuxtasinov Mamirjon Salimjonovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Xalikov Muxritdin Djalalitdinovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda
Xamraboyev Ibragim Xamraboyevich - O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, geolog olim
Yusupov Muhammadjon (Muhammad Yusuf) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Akilova Viloyat Isaxarovna - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, baletmeyster
Axmedova Rimma Ashurovna - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktyori va dublyaj ustasi
Vaxobov Ismoil - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
Madaliyev Oxunjon Nusratovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda
Nazarov Anarkul Mamadovich (Anor Nazarov) - O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, kompozitor
Obitjonov Anvarjon (Anvar Obidjon) - O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri
«Do‘stlik» ordeni bilan
Yuldashev Baxadir - «Diydor» teatr-studiyasi badiiy rahbari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
0 Comment